“Dunyo“ AAning xabar berishicha, Bratislavadagi “Grassalkovichlar“ saroyida boʻlib oʻtgan tantanali marosimdan soʻng oʻtkazilgan muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Slovakiya oʻrtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar soʻnggi yillarda ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichiga koʻtarilayotganini taʼkidlashdi.

Shuningdek, joriy yilda siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda salmoqli qoʻshma tadbirlar belgilangani mamnuniyat bilan qayd etildi.