“Dunyo” AAning xabar berishicha, rasmiy marosimdan soʻng boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi chuqurlashtirilgan keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari oʻrtasida samimiy va doʻstona munosabatlar qaror topgani alohida taʼkidlandi. Yil oxiriga qadar rejalashtirilgan oliy va yuqori darajadagi tadbirlarga eʼtibor qaratildi.
Oʻzaro savdo-iqtisodiy aloqalarni, iqtisodiy diplomatiyani yanada rivojlantirish uchun yuqori salohiyat mavjudligi, yaqin yillarda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini 5 milliard AQSH dollariga yetkazishning muhimligi qayd etildi.
Turkiya Prezidenti Oʻzbekiston elchisiga oʻzaro munosabatlarni mustahkamlash yoʻlidagi masʼuliyatli faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi hamda diplomatning oʻz vazifalarini ado etishida barcha davlat tashkilotlari yaqindan koʻmak berishini qayd etdi.









