Oʻzbekiston elchisi Vengriya Bosh vazirining Milliy xavfsizlik boʻyicha bosh maslahatchisi ofisi xodimlari bilan uchrashdi

    Oʻzbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya Bosh vaziri Milliy xavfsizlik boʻyicha bosh maslahatchisi ofisining strategik masalalar boʻyicha direktori Marton Shyoberl, xalqaro masalalar boʻyicha maslahatchisi Dyula Somodji va strategik masalalar boʻyicha maslahatchisi Piter Vagner bilan muzokaralar oʻtkazdi.

    “Dunyo“ AAning maʼlum qilishicha, uchrashuv davomida asosiy eʼtibor xavfsizlik sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashda muhim qadam boʻlgan ikki mamlakat Xavfsizlik kengashlari oʻrtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratildi.

    Tomonlar milliy va xalqaro xavfsizlik masalalari boʻyicha qoʻshma ishlarni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.