Diplomatiya missiyasi maʼlumotiga koʻra, keyingi paytlarda “Verxniy Lars” Rossiya-Gruziya chegara-nazorat oʻtkazish maskanida mamlakatimizning haydovchilik bilan shugʻullanadigan fuqarolarini Rossiyaga kiritmaslik holatlari koʻpaygan. Buning sababi – ushbu yurtdoshlarimiz Rossiya tomonidan deportatsiya qilinganlar roʻyxatiga kiritilgan boʻlib chiqmoqda.
Elchixona Oʻzbekistonning bunday vaziyatga tushib qolgan fuqarolariga huquqiy yordam koʻrsatish va ularning manfaatlarini himoya qilish borasida maqsadli saʼy-harakatlarni amalga oshirmoqda.