Ekspertlar 230 davlatdagi elektr energiyasi narxini tahlil qildi. Maʼlum boʻldiki, eng arzon energo yetkazib beruvchilar Shimoliy va Markaziy Afrika, shuningdek, sobiq SSSR davlatlari ekan.
Bu borada Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qirgʻiziston yetakchilik qilib, dunyo boʻyicha esa 4-oʻrinda turarkan. Qirgʻistonliklar bir kilovatt/soat uchun 0,017 AQSH dollari toʻlaydi. Tojikiston 6-oʻrin — bir kilovat/soat 0,023 dollar. Yettinchi oʻrinda turgan mamlakatimizda aholi elektr energiyasi uchun 0,027 dollar toʻlaydi. Qozogʻistonda esa narx 0,039 dollar boʻlib, dunyo reytingida 16 oʻrinni egallagan.
Shuningdek, eng qimmat elektr energiyasi Solomon orollarida (0,591 dollar).