Oʻzbekiston Energetika vazirligi uchun YEOII energetika bozorining faoliyat koʻrsatish istiqbollari maʼlum qilindi

    Energetika 7 Fevral 2022 2111

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etgan Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining majlisida mamlakatimiz Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) da kuzatuvchi maqomini olganiga qariyb 2 yil boʻldi. Bu 2020-yil 11-dekabrda edi.

    Mamlakatning YEOIIda kuzatuvchisi maqomi bizga muloqot va amaliy hamkorlikning sifat jihatidan yangi bosqichiga chiqish, kengash doirasida kechayotgan jadal jarayonlarni chuqurroq va yaxshiroq tushunish imkonini berdi.

    Shunday qilib, Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining 2021-2023-yillarga moʻljallangan hamkorlikdagi faoliyati rejasiga muvofiq, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining Energetika departamenti Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi vakillari uchun Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining umumiy energetika bozorining ishlash istiqbollari taqdimotini oʻtkazdi.

    Taqdimot davomida tomonlar Oʻzbekiston Respublikasini YEOIIning umumiy energetika bozoriga qoʻshilishining ehtimoliy oqibatlari toʻgʻrisida fikr almashdilar.

    Shuningdek, integratsion jarayonlarni chuqurlashtirish va yuqorida qayd etilgan bozorga qoʻshilishning salbiy oqibatlarini kamaytirish boʻyicha ishlarni davom ettirishga kelishib olindi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

    Eslatib oʻtamiz, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) – xalqaro huquqiy subyektga ega boʻlgan va 2014-yil 29-maydagi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi toʻgʻrisidagi shartnoma asosida tashkil etilgan mintaqaviy iqtisodiy integratsiya xalqaro tashkilotidir.

    Ayni paytda YEOII tarkibiga besh mamlakat kiradi: Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi.