Jahon Oltin Kengashiga ko‘ra, 2023 yilning fevral oyida jahon markaziy banklari 51,7 tonna oltin sotib olgan. Asosiy xaridorlar qatoridan O‘zbekiston ham joy oldi. Mamlakat ushbu oy davomida 8,1 tonna oltin sotib olgan.
Eng yirik xaridlarni Xitoy va Turkiya amalga oshirgan — mos ravishda 24,9 tonna va 22,5 tonna.
Fevral oyida eng ko‘p oltin sotgan mamlakat Qozog‘iston bo‘ldi — 13,1 tonna.
O‘zbekistonning oltin sotishi yoki sotib olishi asosan narxlarga bog‘liq. Markaziy bank oltin narxi oshsa sotadi, narx pasaysa sotib oladi. Fevral oyida oltin narxlari yanvarga nisbatan pastroq bo‘ldi. Shu sababdan ham O‘zbekiston oltin sotishdan ko‘ra uni sotib olgan.