Hujjatni ikki davlat hukumatlari nomidan Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulugʻbek Lapasov hamda Eritreyaning BMTdagi doimiy vakili Sofiya Tesfamariam Yoxannes imzolagan.
Eritreya vakolatxonasi ushbu voqeani oʻzaro hurmat va BMT Nizomi prinsiplari asosidagi ikki tomonlama munosabatlarning yangi bosqichi sifatida baholadi.
Maʼlumot uchun, Afrikadagi ushbu davlat, Oʻzbekiston rasmiy davlatlararo munosabatlar oʻrnatgan 161-davlat boʻldi.







