Osiyo kubogi U23 saralash bosqich “E” guruhi 3-turi doirasida Oʻzbekiston olimpiya jamoasi guruhdagi asosiy raqibi Eronga qarshi maydonga tushdi.

“Jar” stadionida 8 mingdan ortiq tomoshabin qarshisida oʻtgan bahsda Abbosbek Fayzullayevning ikkinchi boʻlim boshida kiritgan yagona goli jamoamizga muhim gʻalabani taqdim etdi – 1:0.

Shu tariqa, Temur Kapadze shogirdlari 9 ochko bilan keyingi yilning aprel oyida Qatarda boʻlib oʻtadigan Osiyo kubogi U23 final bosqichiga yoʻllanma olishdi. Qatardagi musobaqada Parij-2024 Olimpiadasi yoʻllanmasi oʻynaladi. Eron guruhda 2-oʻrinni, Afgʻoniston esa 3-oʻrinni egalladi. Hongkong soʻnggi oʻrinda qoldi. 

Osiyo kubogi U23. “E” guruhi. 3-tur
Oʻzbekiston U23 — Eron U23 – 1:0
Gol: Abbosbek Fayzullayev, 47.