Oʻzbekiston Fransiyaga qarshi oq-koʻk libosda oʻynaydi

    Sport 24 Noyabr 2023 1119

    Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi ertaga U-17 Jahon chempionatining chorak finali doirasida Fransiyaga qarshi oʻyin oʻtkazadi.

    Mazkur oʻyinda futbolchilarimiz oq-koʻk libosda, darvozabonimiz esa toʻq sariq libosda harakatlanadi.

    Uchrashuvda foliyat olib boradigan hakamlar nomi maʼlum.

    Bosh hakam — Dahane Beida (Mavritaniya).

    Unga qanotlarda Dimbiniaina Andriatianarivelo (Madagaskar) va Jonatan Ahonto (Togo) yordam beradi.

    4-rasmiy hakam vazifasi esa Pere Atchoga (Gabon) topshirilgan.

    Eslatib oʻtamiz, Fransiya — Oʻzbekiston oʻrtasidagi oʻyin 25-noyabr soat 13:30 da start oladi.