Oʻzbekiston gandbol jamoasi Osiyo chempionatidan chetlashtirildi

    Sport 27 Avgust 2025 399

    Oʻzbekistonda oʻtayotgan gandbol boʻyicha Osiyo chempionatidan Oʻzbekiston jamoasi chetlashtirildi.

    Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.

    Osiyo chempionatining hal qiluvchi bahslari boshlanishiga bir kun qolganda Oʻzbekiston terma jamoasining guruhdagi barcha natijalari bekor qilindi.

    Osiyo gandbol federatsiyasi tomonidan chiqarilgan qarorga koʻra, mamlakatimiz terma jamoasida bir qator oʻyinchilarning hujjatlarida noaniqliklar aniqlangan.

    Oʻzbekiston gandbol federatsiyasi bu borada Xalqaro gandbol federatsiyaga apellyatsiya xati joʻnatgan.