Tashrifning ilk kuni Oʻzbekiston vakillari  Koreya Quruqlikdagi qoʻshinlar harbiy akademiyasida boʻlib, mazkur oliy harbiy taʼlim muassasasining taʼlim jarayonlari, kadrlarni tayyorlash dasturi mazmuni hamda taʼlim muassasasining oʻquv-moddiy bazasi va tinglovchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Shundan soʻng ikki mamlakat oliy harbiy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirokida boʻlib oʻtgan muloqot davomida Oʻzbekiston – Janubiy Koreya harbiy bilim yurtlari oʻrtasidagi hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari belgilab olindi.

Shuningdek, tomonlar oʻrtasida professor-oʻqituvchi kadrlarning malakasini oshirish, yuqori malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash va harbiy sanʼatning dolzarb muammolari boʻyicha hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga kelishib olindi.