— Soʻnggi uch yil ichida bir necha bor Oʻzbekistonga tashrif buyurdim. Men uchun bu nafaqat doʻstona odamlar yashaydigan mamlakat, balki odamlarida hayot energiyasi kuchli boʻlgan davlatdir. Iqtisodiyot, siyosat va jamiyatning ijtimoiy sohasi jadal rivojlanmoqda. Men oʻz mamlakati ravnaqi yoʻlida mehnat qilayotgan odamlarning gʻayratini koʻrib quvondim. Shuning uchun har yili Oʻzbekistonga tashrif buyuraman yoki mamlakatning yangiliklarini elektron OAV orqali kuzatib boraman.

Birinchidan, inson huquqlari sohasidagi taraqqiyot haqida gapirsam, Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident sifatida faoliyat boshlagan kundan boshlab koʻplab islohotlarni va oʻzgarishlarni amalga oshirdi. Inson huquqlari boʻyicha vaziyatni yaxshilash xalqaro hamjamiyati tomonidan qoʻllab-quvvatlanib, mamlakat kelajagiga ishonchni yana-da mustahkamlamoqda.

Men qisqa vaqt ichida mamlakat rahbariyatining sodiqligi va inson huquqlarini yaxshilash va sud-huquq tizimini takomillashtirishga qaratilgan ulkan saʼy-harakatlaridan juda taʼsirlandim.

Milliy strategiyaning qabul qilinishi Oʻzbekistonda inson huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish sohasidagi yana bir muhim bosqich boʻladi, deb oʻylayman.

Men Oʻzbekistonga qiziqqan va ushbu davlatga xayrixoh boʻlgan chet el fuqarosi sifatida respublikaning bundan keyingi rivojlanishini kuzatishda davom etaman va oʻzbek xalqining kuchli huquqiy demokratik davlat barpo etish doirasidagi saʼy-harakatlari va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlayman.