Mazkur tanlov natijalariga koʻra, Oʻzbekiston “Eng yaxshi istiqbolli sayyohlik yoʻnalishi” (Best Emerging Destination) nominatsiyasi gʻolibi deb topildi.
Anʼanaviy tanlovda har yili Hindistonning ichki turizm yoʻnalishlari va xalqaro yoʻnalishlar gʻoliblari eʼlon qilib boriladi.
Qayd etish lozimki, “Indiaʼs Best Awards – 2020” gʻoliblari “Travel+Leisure India & South Asia” jurnali oʻquvchilari tomonidan onlayn ovoz berish orqali aniqlangan, deb xabar beradi “Dunyo” AA.
Maʼlumot uchun, “Travel+Leisure” xalqaro turizmga ixtisoslashgan jurnal boʻlib, uning ilk soni 1937-yilda chop etilgan. Hozirda AQSH, Turkiya, Xitoy, Avstraliya, Hindiston, Rossiya va boshqa davlatlarda ingliz tilida nashr etib kelinyapti.