Mazkur loyiha 2022-2024-yillar davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan boʻlib, buning uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 7 mln AQSH dollaridan ortiq grant mablagʻlari ajratiladi, deb xabar berdi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.

Uchrashuvda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari J.Kazbekov, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining vakili hamda Loyihani boshqarish guruhi uchun jalb qilingan “G.E.O.S. Ingenieurgesellschaft mbH” (Germaniya) kompaniyasining konsultantlari ishtirok etdi.

Muzokaralar doirasida Oʻzbekiston hududidagi uran qoldiqlari bilan bogʻliq muammolarni hal etish, xususan, bu kabi obyektlarni ekologik qayta tiklash, sogʻlomlashtirish va rekultivatsiya qilish hamda aholi salomatligi va atrof-muhitga xavfni kamaytirish maqsadida olib boriladigan zarur chora-tadbirlar boʻyicha aniq kelishuvlarga erishildi.

Muloqot davomida tomonlar grant loyihasini amalga oshirishning tashkiliy jihatlari, jumladan, tegishli bitim va huquqiy hujjatlarni kelishish va imzolash kabi masalalar ham muhokama qilindi.