Oʻzbekiston hududiga Oʻrta yer dengizi hududlaridan nam va deyarli iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda

    Yashil sayyora 30 Yanvar 2023 1700

    Respublika boʻyicha hafta davomida beqaror ob-havo boʻladi.

    Ertaga Oʻzbekiston hududiga Oʻrta yer dengizi hududlaridan nam va deyarli iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, buning natijasida respublika boʻyicha hafta davomida beqaror ob-havo boʻladi.

    1-fevraldan 3-fevralgacha Oʻzbekiston boʻyicha vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik, asosan yomgʻir koʻrinishida boʻladi, Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarida 1-2-fevralda baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor),1-2-fevralda kuchli boʻladi.

    31-yanvar va 1-2-fevral kunlari respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. 1-2-fevralda Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

    Havo harorati hafta davomida meʼyor atrofida boʻladi va kechalari 1 daraja sovuq - 4 daraja iliqni, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqni tashkil etadi.

    Poytaxtimizda bugun yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat 7-9 daraja iliq boʻladi.

    Ertaga 31-yanvar kuni biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja iliq, kunduzi 7-9 daraja iliq boʻladi.

    1-2-fevralda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Shamol tezligi 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechalari 2-5 daraja iliq, kunduz kunlari 5-10 daraja iliq boʻladi.