Yalpi majlis ochilishida Senat Raisi Tanzila Narbayeva amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida nufuzli xalqaro reytinglarda O‘zbekistonning o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdi.
– Iqtisodiy erkinlik indeksida mamlakatimiz 44 pog‘ona yuqorilab, 108-o‘rinni egalladi. Huquq ustuvorligi indeksi bo‘yicha 14 pog‘ona yuqorilab 85-o‘ringa ko‘tarildi. O‘zbekiston bu borada eng yaxshi natija ko‘rsatgan 3 ta davlatdan biriga aylandi. Global innovatsion indeksda O‘zbekiston 7 pog‘onaga ko‘tarilib, 132 ta davlat orasida 86-o‘rinni egalladi va eng jadal yuqorilagan mamlakatlar top 10 taligiga kirdi, – dedi Senat Raisi.