Yarim finalga Oʻzbekiston terma jamoasidan 13 nafar bokschi yetib keldi. Terma jamoamiz 23 nafar bokschi bilan musobaqaga yoʻl olgandi. Eng koʻp ishtirokchi – Qozogʻistondan. Qoʻshnilarimizning 21 nafar bokschisi medalni naqd qilgan. Ular musobaqaga toʻliq tarkibda – 25 nafar bokschi bilan borishgandi. Hindiston terma jamoasi esa 12 ta yarim finalga ega.
Umumiy hisobda: (25 ta vazndan)
Qozogʻiston - 21
Oʻzbekiston - 13
Hindiston - 12
Moʻgʻuliston - 10
Yaponiya, Iordaniya - 7
Janubiy Koreya - 6
Tailand - 5
Xitoy Taypeyi, Qirgʻiziston - 4
Filippin - 3
Eron, Tojikiston, Vyetnam - 2
Pokiston - 2
Erkaklar oʻrtasida (13 ta vaznda) ham mos ravishda eng koʻp yarim finalchi Qozogʻistondan – 12 ta. Oʻzbekistondan esa 10 nafar bokschi yarim finalga yoʻl oldi. Hindiston, Iordaniya va Moʻgʻuliston 5 tadan yarim finalchiga ega.
Ayollar (12 ta vaznda) oʻrtasida ham Qozogʻiston yetakchi – yarim finalda 9 nafar ishtirokchi. Hindistonda 7 nafar, Janubiy Koreyada esa 6 ta yarim finalchi bor. Oʻzbekiston terma jamoasining 3 nafar aʼzosi final yoʻllanmasi uchun kurashadi. Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi musobaqaga 10 nafar bokschi bilan yoʻl olgandi.
Eslatib oʻtamiz, bugun musobaqada dam olish kuni. Yarim final bahslariga ertadan start beriladi.