Unga ko‘ra, O‘zbekiston Internet tezligi bo‘yicha bir oyda ikki pog‘onaga, mobil Internet tezligi bo‘yicha esa bitta pog‘onaga ko‘tarildi.

Mamlakatimiz umumiy reytingida 176-ta davlat qatoridan 96-pog‘onaga ko‘tarilib, aniqlangan Internet tezligi 30,5 Mbit/s. ni tashkil etdi.

Aytish joizki, bir yil avval respublikamiz jahonda 112-o‘rinni egallagan, va Internet tezligi esa 19,91 Mbit/s. ni tashkil etgan.  Bundan ko‘rinib turibdiki,  bir yil ichida aniqlangan Internet tezligi 10 Mbit/s. dan yuqori ko‘rsatgichlarga o‘sdi, va respublikamiz 16-positsiyaga ko‘tarildi.

Mobil internet tezligi bo‘yicha ham O‘zbekiston 6 ta pog‘onaga ko‘tarildi – 131-o‘rindan 125-o‘ringacha. Shu tarzda mobil Internet bo‘yicha tezligi ham 10,79 Mbit/s. dan 13,54 Mbit/s. gacha ko‘tarildi.