Hisobotga koʻra, Oʻzbekiston 184 ta mamlakat (shundan 178 tasi baholangan) ichida 58,3 ball bilan 108-oʻrinni egalladi. Mazkur koʻrsatkich bilan oʻtgan yilda qayd etilgan 114-oʻringa (57,2 ball) nisbatan 6 pogʻonaga yuqorilashga erishildi.
Ijobiy oʻzgarishga indeks tarkibidagi “Sud faoliyati samaradorligi” indikatorida 16,6 ballga, “Davlat xarajatlari” indikatorida 5,2 ballga yuqorilash, shuningdek qolgan indikatorlarda ham baholangan ijobiy oʻzgarishlar turtki boʻldi.
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari orasida eng yaxshi oʻzgarish Tojikiston Respublikasi tomonidan qayd etilib, oʻtgan yilgi 155 oʻrindan 134-oʻringa yuqoriladi. Aʼzo mamlakatlar orasida birgina Belorussiya Respublikasining koʻrsatkichlarida oʻtgan yilga nisbatan 7 pogʻonaga pasayish kuzatildi.
