Anjumanda soʻnggi besh yilda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar jarayonida toʻplangan tajriba tahlil qilinadi va istiqboldagi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish mexanizmlari muhokama etiladi.

Forum doirasida iqtisodiyotning dolzarb yoʻnalishlaridagi mavzularga bagʻishlangan, xalqaro ekspertlar va yuqori tajribaga ega mutaxassislar ishtirokidagi ochiq muhokamalar boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston iqtisodiy forumi doirasida soʻnggi besh yildagi iqtisodiy islohotlar jarayonida toʻplangan tajribani zamonaviy usullar yordamida tahlil qilish hamda koʻpgina sohalardagi islohotlar boʻyicha fikr almashish belgilangan.

Jumladan, makroiqtisodiy islohotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar transformatsiyasi, davlat ishtirokidagi banklar transformatsiyasi, kapital bozorlarini rivojlantirish, davlat-xususiy sheriklik loyihalari va xususiylashtirish yoʻnalishlari, anjuman gibrid va onlayn shakllarda oʻtkaziladi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi mutaxassislar ham ushbu forumda ishtirok etyapti va ayni paytda bir qator yirik banklar bilan hamkorlik boʻyicha kelishuvlar rejalashtirilgan.

Forum doirasida “Siti” bank Bosh direktori Emre Karter, JP Morgan bankining Markaziy Osiyo boʻyicha rahbari Timur Kunanbayev, “Societe Generale CIB” bankining Markaziy Osiyo va Kavkaz boʻyicha rahbari Teyba Guliyeva, “Deutsche Bank”ning Oʻzbekiston hamda Qozogʻiston boʻyicha rahbari Igor Vagner, “Helaba Landesbank Hessen Thuringen”ning moliyaviy eksport va savdo tuzilmasi boʻyicha ijrochi direktori Andryu Rempel, “Landesbank Baden-Wurttemberg” bankining Oʻzbekiston boʻyicha bosh vakili Aziz Inomxodjayev, “Sredit Suisse” Jahangir Ataxanav bilan uchrashuvlar oʻtkazildi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.