Taʼkidlanishicha, oʻyinning 12 daqiqasida, hakam tomonidan jamoalardan biriga 11 metrlik jarima toʻpi belgilanganda, stadionga tashrif buyurgan ayrim tomoshabinlar norozilik bildirib maydonga plastmassa suv idishi va oyoq ostidan koʻchirib olingan beton parchalarini uloqtirgan.

Otilgan toshlardan biri stadionda fotomuxbir sifatida xizmat olib borayotgan 1992-y.t. J.S.ning qorin boʻshligʻiga jarohat yetgazdi.

Mazkur holat Toshkent shahar IIBB tomonidan oʻrganilib, ommaviy tadbir jarayonida jamoat tartibini buzgan 47 nafar shaxs aniqlandi.

Ularning 6 nafariga sud tomonidan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi, 10 nafariga 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi hamda 3 nafariga jazo sifatida jarima tayinlangan.

Qolgan 28 nafar fuqaro bilan profilaktik suhbat oʻtkazilib, ularning har biriga rasmiy ogohlantirish berilgan.

Qayd etilishicha, surishtiruv jarayonida fuqaro J.S. oʻziga nisbatan tan jarohati yetkazgan shaxsga nisbatan daʼvosi yoʻqligini maʼlum qilgan.