Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar-avgust oylarida 45 ta xorijiy davlatdan qiymati 8,6 million AQSH dollariga teng boʻlgan 2,5 million juft oyoq kiyimlarini import qilgan.

Oyoq kiyimlari importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,2 million AQSH dollariga oshgan.

2021-yilning 8 oyida Oʻzbekiston oyoq kiyimlarini eng koʻp import qilgan davlatlar:

Xitoy – 4 million;

Turkiya – 2,2 million;

Vyetnam – 673,7 ming;

Rossiya – 356,5 ming;

Italiya – 326,7 ming;

Chexiya – 287,1 ming;

Indoneziya – 175,4 ming;

Qirgʻiz R. – 99,5 ming;

Hindiston – 95,5 ming;

Ispaniya – 73,1 ming;

Portugaliya – 53,6 ming AQSH dollari.