Toshkent shahar 22-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan jamoamiz dunyoning 35 ta jamoasi ishtirok etgan nufuzli musobaqada munosib ishtirok etdi.
Futbolchilarimiz 7 ta uchrashuvda g‘alaba qozonib, final bosqichiga yo‘l oldi va hal qiluvchi bahsda ham zafar quchib, jahon chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.
Natijada O‘zbekiston jamoasi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi futbol bo‘yicha XI jahon chempionatining mutlaq g‘olibiga aylandi.