Davlat bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, konditsionerlarning 52 foizi Ozarbayjonga, 21 foizi Tojikistonga va 14 foizi Turkmanistonga eksport qilingan.

Shuningdek, joriy yilda konditsionerlarning eksporti Qozogʻistonga 1,7 barobarga va Ukrainaga 1,3 barobarga oshgan.

Mazkur yildan boshlab Moldova va Rossiyaga yurtimizdan konditsionerlar eksporti yoʻlga qoʻyildi.