Oʻzbekiston JSTga aʼzo boʻlish boʻyicha Kanada va Panama bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi

    Oʻzbekiston Jahon savdo tashkiloti (JST)ga aʼzo boʻlish boʻyicha 11-Ishchi guruhi yigʻilishi doirasida muhim yutuqqa erishdi.

    Mamlakatimiz Kanada va Panama bilan ikki tomonlama bozorlarga kirish boʻyicha muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlab, tegishli protokollarni imzoladi.

    Bu haqda Prezidentning JST boʻyicha maxsus vakili Azizbek Urunov oʻz LinkedInʼdagi sahifasida maʼlum qildi.

    «Oʻzbekiston tomoni Kanada va Panama delegatsiyalariga Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish jarayonida va oʻzaro ikki tomonlama muzokaralarda konstruktiv ishtiroki uchun oʻz minnatdorchiligini bildiradi«, — deb yozadi Azizbek Urunov.