Bu haqda prezidentning JST boʻyicha vakili Azizbek Oʻrunov LinkedInʼda maʼlum qildi.

Oʻzbekiston ushbu mamlakatlar bilan bozorga kirish boʻyicha ikki tomonlama protokollarni imzoladi.

«Bu Oʻzbekistonning koʻp tomonlama savdo tizimiga integratsiyalashuvi uchun oʻsib borayotgan qoʻllab-quvvatlash va sheriklikning yaqqol belgisidir», — deb yozdi Oʻrunov.

Bundan tashqari, JSTning yana ikki aʼzosi bilan prinsipial kelishuvlarga erishilgani qayd etildi, ammo tafsilotlar keltirilmagan.

«Ushbu kelishuvlar nafaqat [JSTga] qoʻshilish boʻyicha muzokaralarimizni ilgari suradi, balki iqtisodiy hamkorlik, savdoni diversifikatsiya qilish va dunyoning turli mintaqalaridagi sheriklar bilan mustahkam ishbilarmonlik aloqalarining yangi kanallarini yaratadi. Har bir imzo Oʻzbekistonni JSTga toʻlaqonli aʼzo boʻlishga yaqinlashtiradi — bu esa iqtisodiyotimiz, mintaqamiz va dunyodagi savdo hamkorlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi», — dedi prezidentning vakili.

Qayd etilishicha, hozirda JST aʼzoligi yoʻlida kelishuvga erishilgan davlatlar soni 29 taga yetdi, 2 ta aʼzo — ular bilan asoslar mavjud, ikki tomonlama muzokaralarni toʻliq yakunlash uchun esa faqat 3 ta davlat qoldi. “Uchgacha teskari sanoq”, — deya taʼkidladi Oʻrunov.