баннер
20 Mar 2025
01:43

    Oʻzbekiston kasaba uyushmalari: Mehnatkashlar huquqlari posboni

    Oʻzbekiston kasaba uyushmalari tizimi mamlakatdagi eng yirik va nufuzli jamoat tashkilotlaridan biri hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi — mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini himoya qilish, ularning turmush darajasini oshirish va mehnat sharoitlarini yaxshilashdan iboratdir.

    Soʻnggi yillarida mamlakatimizda ushbu tizim tubdan isloh qilinib, uning faoliyati zamonaviy talablarga moslashtirildi. Bugungi kunda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi mamlakatdagi barcha kasaba uyushmalarini birlashtirgan holda, mehnat qonunchiligini takomillashtirish, ijtimoiy sheriklik asosida ish olib borish, adolatli mehnat sharoitlarini yaratish, ijtimoiy himoya, sogʻlomlashtirish kabi yoʻnalishlarda ishchi-xodimlar hayotida muhim rol oʻynamoqda.

    Jumladan, Fargʻona davlat universitetida ham kasaba uyushmasi faoliyatiga alohida eʼtibor qaratilib, Kengash aʼzolari tashabbuslari va takliflari rahbariyat tomonidan qoʻllab-quvvatlab kelinadi.

    Bugun Fargʻona davlat universitetida Kasaba uyushmasi kengashining navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasi oʻtkazildi.

    Unda oliygoh jamoasi kasaba uyushmasi qoʻmitasining oʻtgan 5-yil davr mobaynidagi faoliyati yakunlari va ishchi-xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida kelgusidagi vazifalar, kasaba uyushma nazorat taftish komissiyasi hisoboti, kasaba uyushma qoʻmita raisini saylash masalasi, kasaba uyushma qoʻmita tarkibi saylovi, nazorat — taftish komissiyasi tarkibi saylovi, nazorat -taftish komissiyasi raisi saylovi, Oʻzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Fargʻona viloyat tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasiga delegatlar saylash kabi masalalar muhokama qilindi.

    Shuningdek, yigʻilishda tashkilotchilarning oʻtgan davrda bajargan ishlari, 2023-2025-yillarga moʻljallangan jamoa shartnomasi ijrosi, oliygoh yutuqlari, qoʻmita tomonidan oʻtkazilgan qator tadbirlar, yosh kadrlarni kasbga yoʻnaltirish, ishga qabul qilingan xodimlar imtiyozlari, oliygohning uyushma bilan doimiy hamkorligi, shuningdek, ishchi-xodimlarni huquq va manfaatlarini himoyalashga qaratilgan chora-tadbirlar, universitet rahbariyati bilan kelishuvga asosan oʻtkazilgan sport musobaqalari hamda boshqa tafsilotlar tahlil etildi.

    Tadbirda FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov 95 yoshni qarshi olayotgan oliygoh ziyolilari, ishchi-xodimlari faoliyatini oʻrganish, ularni ijtimoiy muhofaza qilish zarurligini taʼkidladi. Shuningdek, Prezidentimizning ushbu sohadagi islohotlari, yurtimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar, oqilona siyosat, milliy qadriyatlarni muvofiqlashtirishda Kasaba uyushmasi tashkiloti faollarining oʻrni beqiyos ekanini eʼtirof etdi.

    Tadbir yakunida konferensiyada ishtirok etgan Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Fargʻona Viloyat kengashi rais oʻrinbosari Lola Ahmedova yuqorida bildirilgan fikr va takliflar yuzasidan oʻz xulosalarini aytib oʻtdi va oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov hamda jamoaning bir qator aʼzolari ushbu sohadagi faol ishtiroki uchun Federatsiya tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.


    Poziljon Otaqulov,

    Fargʻona davlat universiteti Kasaba uyushma qoʻmitasi raisi,

    geografiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)


    Hamkorlik materiali

    Telegram kanalimiz
    Text to speech