Soʻnggi yillarda BMB Trade Group kompaniyasi Xitoy kompaniyalari bilan koʻplab yoʻnalishlarda hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, ushbu mamlakatga Oʻzbekistonda yetishtirilgan quruq meva va dukkakli mahsulotlar eksporti hamda mamlakatimizga yuqori texnologiyalar asosida yaratilgan asbob-uskunalar importi yoʻlga qoʻyilgan.
Xitoyda BMB Trade Group kompaniyasi vakolatxonasining ish boshlagani yuqorida qayd etilgan va boshqa bir qator savdo-iqtisodiy yoʻnalishlardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit va imkoniyatlarni ochib beradi.