Mehmonlar dastlab Botanika bog'ining yaratilishi, bog'dagi o'simliklar bilan tanishib chiqdilar.
O'zaro fikr-mulohazalari va tajribalari bilan o'rtoqlashishdi.
Suhbat davomida respublikamiz sharoitiga mos keluvchi yangi turdagi manzarali va noyob daraxt-buta turlarining introduksiya qilish, yangi avtomatik boshqariladigan niholxonalar tashkil etish va hamkorlikda yangi innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo'yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.
"Mazkur loyiha 2023–2026-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan", deyiladi O‘zR FA matbuot xizmati xabarida.