Uchrashuv chogʻida ikki davlat rahbarlari mamlakatlar oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratayotgani taʼkidlandi.

Oʻtgan yillar davomida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilgan islohotlar natijasida Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasidagi strategik va ittifoqdosh hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishda aloqalarimiz yangi bosqichga koʻtarilgani alohida taʼkidlandi.

Ikki tomonlama siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarning surʼati izchil oshib bormoqda, bu esa ikki davlat manfaatlariga javob beradi.

Tomonlar soʻnggi vaqtlarda Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasidagi parlamentlararo muloqot faollashganini taʼkidladilar.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Koreya parlamentlararo muloqotiga tizimli tus berish, shu jumladan ikki tomonlama tashriflarni amalga oshirish zarurligi taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelasi yili mamlakatlar oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligini keng nishonlash masalalarini muhokama qildi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati.