Uchrashuvda Xalq taʼlimi vazirligi masʼullari hamda Finlandiya delegatsiyasi aʼzolari ishtirok etdi.

Dastlab, Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxodjayev oʻqituvchilarning malakasini oshirish, hududiy milliy markazlariga Finlandiya ekspertlarini jalb etish masalalariga toʻxtalib oʻtdi.

Oʻz navbatida Finlandiya tomoni ham mazkur jarayonga metodistlarni jalb etish, oʻqituvchilarni sertifikatsiyalash, ularga metodik va amaliy koʻmak berilishi haqida fikr bildirdi.

Uchrashuv davomida ikki tomon xususiy taʼlim tashkilotlari mutaxassislarini ham Oʻzbekiston xalq taʼlimi tizimiga jalb etishga kelishib oldi.