Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda maishiy chiqindilarni energiyaga aylantiradigan zavodlarga ega boʻlgan birinchi davlatga aylanadi

    “Shanghai SUS Environment Co. Ltd” kompaniyasi vitse-prezidenti Tom Shi «Dunyo« AAga bergan intervyusida Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati haqidagi fikrlarini bildirdi.

    “Shanghai SUS Environment Co. Ltd” kompaniyasi vitse-prezidenti Tom Shi «Dunyo« AA uchun intervyusida Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati haqidagi fikrlarini bildirdi.

    Taʼkidlanishicha, Xitoy kompaniyasi 2024-yilda Oʻzbekistonning chiqindilardan energiya ishlab chiqarish bozoriga kirib, mamlakatning barqaror oʻsishini qoʻllab-quvvatlash uchun ilgʻor texnologik yechimlarni taqdim etyapti.

    Qurilishi nazarda tutilgan zavodlar ishga tushirilishi bilan Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda maishiy chiqindilarni energiyaga aylantiradigan zavodlarga ega boʻlgan birinchi davlatga aylanadi.

    Kompaniya, shuningdek, Oʻzbekistonni yanada rivojlanishi uchun xizmat qiladigan Xitoyning zamon talabiga javob beradigan yuqori texnologiyali ishlab chiqarish uskunalari va turli yoʻnalishdagi yirik ilgʻor kompaniyalarini jalb etishga oʻz hissasini qoʻshishni rejalashtirmoqda.

    «Oʻzbekiston uchun yangi boʻlgan ushbu yoʻnalishda kadrlar tayyorlash, mahalliy oliy taʼlim muassasalari va sohaga bogʻliq tashkilotlar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarni olib borish hamda qonunchilikka tegishli normativ hujjatlarni birgalikda ishlab chiqarish yoʻnalishida ham hamkorlik qilamiz.
    Oʻzbekistondagi loyihalarimizni kengaytirish maqsadida salkam 1 milliard AQSH dollariga teng boʻlgan investitsiya kiritishni rejalashtiryapmiz.
    Umid qilamizki, 2025-yilda ham hamkorligimiz juda samarali boʻladi va ikki tomonlama munosabatlarimiz yanada jadallashadi,« — deydi kompaniya rahbari oʻz intervyusida.