Hisobotga koʻra, Oʻzbekiston “Rossiya va Yevroosiyo” guruhida eng katta yaxshilanishni koʻrsatdi – 1,5 foiz.

Qoʻshni mamlakatlar orasida Qozogʻiston 97-oʻrinda (-29), Qirgʻiziston 91-oʻrinda (-21), Tojikiston 92-oʻrinda (+6), Turkmaniston 104-oʻrinda (+5) joylashgan.

Eng tinchliksevar davlatlar deb Islandiya, Yangi Zelandiya va Irlandiya topildi. Indeksi eng past boʻlib turgan mamlakatlar: Afgʻoniston, Yaman, Suriya, Rossiya va Janubiy Sudan.