Oʻzbekiston Respublikasi Rossiyaning “Russian traveler” jurnali tomonidan tashkil etilgan “Russian traveler Awards 2024” milliy turizm mukofotining ekspert hakamlar hayʼati tanlovi natijasiga koʻra “Turizm v SNG” nominatsiyasida gʻolib deb topildi.
Taqdirlash marosimida Turizm qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Jamshid Abdusalomov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi.
Maʼlumot uchun: “Russian traveler” jurnali — bu mamlakat ichida sayohat qilish va mashhur xalqaro yoʻnalishlarga bagʻishlangan rus nashridir. U sayohat gʻoyalari, ekspert maslahatlari va jonli fotosuratlar bilan maqolalarni taklif etadi. Jurnalning birinchi soni 2022-yilda Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida taqdim etilgan.
Jurnal, shuningdek, Rossiyadagi eng yaxshi sayyohlik yoʻnalishlari, mehmonxonalar, kruizlar va turizmning boshqa jihatlarini eʼtirof etuvchi har yili “Russian traveler” mukofotlarini tashkil qiladi.
2024-yil iyul oyida Rossiyaning mazkur jurnali Oʻzbekistonning turizm salohiyatiga bagʻishlangan “Oʻzbekiston – Sharq ertagi” (“Uzbekistan – Vostochnaya skazka”) nomli maxsus soni chop etilgan boʻlib, rus kitobxonlari orasida katta qiziqish uygʻotgan.