Mazkur tadbirda eʼtibor qozonadigan va qurilish jamiyatida oʻzini namoyon etadigan xorijiy mebel jihozlari, interer uskunalari, zamonaviy texnologiyalar, ishlab chiqaruvchilarning eng sara yutuqlari va tajribalari namoyish etish uchun dunyoning 50ga yaqin mamlakati, jumladan, Oʻzbekiston, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Polsha, Turkiya, Pokiston, Xitoy, Hindiston, Bangladesh, Tunis, BAA, Saudiya Arabistoni, Ispaniya, Italiya, Germaniya, Gretsiya, Misr, Indoneziya, Malayziya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Filippin, Tailand, Meksika va boshqa bir qator mamlakatlarning kompaniyalari oʻz mahsulot va xizmatlarini taklif etishmoqda.
Koʻrgazmada Oʻzbekistonning BAAdagi Elchixonasi hamda mamlakatimizning Dubaydagi Bosh konsulxonasi koʻmagida respublikamizning “Treyet”, “Aiko”, “Ixlos mebel”, “Meyos”, “Mix Info”, “Afat”, “Honor” va “Isom Sayf” interer dizaynerlari tomonidan mebel buyumlari bilan ajralib turuvchi “Made in Uzbekistan” stendi tashkil etildi.
Oʻzbek diplomatlari tomonidan ikki tomonlama manfaatdor hamkorlikni oʻrnatish maqsadida yurtimizdan kelgan tadbirkorlar uchun mebel, ishlab chiqarish texnologiyalari, interer va dizayn sohasida faoliyat koʻrsatuvchi yetakchi kompaniyalarning rahbarlari, importchilar va distribyutorlar bilan uchrashuvlar tashkillashtirilib, ularga mamlakatimizdagi mahsulotlarining keng turlari bilan tanishish, istiqboldagi hamkorlar topish imkoni taqdim etib kelinmoqda.