2019-yilda Atlasning I-tomi boʻyicha ishlar toʻliq yakunlandi va hozirda 12 ta vazirlik va idora bilan kelishildi.

Atlasning II-tomining 1-4 boʻlimlarida ham ishlar yakunlandi va bu jami 357 ta xaritani (84 foizini) tashkil etadi.

Atlasning II-tomi 4-boʻlimidagi iqtisodiyotga oid 67 ta xaritani yaratish va yakuniy chop etish ishlarini 2020-yil oktyabr oyi yakuniga qadar tugatish rejalashtirilgan.

Chop etish ishlari esa yil yakuniga qadar yakunlanadi.