Oʻzbekiston Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi Boshqaruv kengashining yigʻilishi qaroriga asosan Furqat Usmonov Markaz direktori etib saylandi.

Bunga qadar u Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Maʼlumot uchun, Furqat Usmonov bir qator hujjatli filmlar muallifi va rejissyori hisoblanadi.

Uning muallifligidagi “Xalq yuragi”, “Alisher Navoiy”, “Abdulla Oripov”, “Mustahkam” kabi filmlar yurtimiz kinoteatrlari va telekanallari orqali koʻp marotaba namoyish etilgan boʻlsa, “Inson” hujjatli filmi turli xalqaro kinofestivallarda eʼtirof etilib, oliy mukofotlarga sazovor boʻlmoqda.