Unda tashkiliy masalalarga ham eʼtibor qaratildi. Xususan, kun tartibidan tashkilotga yangi vitse-prezident saylash masalasi ham koʻrib chiqildi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasi raisi sifatida faoliyat olib borgan Sherzod Rixsibayevich Tashmatov MOQda vitse-prezident lavozimiga saylandi.

Maʼlumot uchun, Sherzod Tashmatov uzoq yillardan buyon sport sohasi rivojiga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. U oʻz vaqtida Oʻzbekiston boks federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti sifatida ham koʻplab yutuqlarga erishgan. Xususan, Rio Olimpiadasida bokschilarimizning muvaffaqiyati ham uning xizmptlari katta boʻlgan. Oʻshanda Oʻzbekiston charm qoʻlqop ustalari Olimpiadada 7 ta medalga ega chiqqan edi.