Qayd etilishicha, ushbu bahs oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda OFK tomonidan ishtirokchilarga oʻyinga oid bir qator masalalar, xususan, reglament, media, marketing, tibbiyot va xavfsizlik yoʻnalishlari yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib oʻtildi.

Ushbu uchrashuvda futbolchilarimiz toʻliq oq, darvozabonimiz esa qora libosda harakat qiladi.

Shuningdek, Oʻzbekiston va Qatar oʻrtasidagi bahsni “Bunyodkor” stadionidan yoritish istagida boʻlgan OAV vakillari faqatgina Jahon chempionati 3-saralash bosqichi akkreditatsiyasini taqdim etgan holda 5-kirish darvozasi orqali stadionga kirishlari mumkin.

Uchrashuv oldidan Jahon chempionati yoʻllanmasi qoʻlga kiritilgani munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shu sababli, akkreditatsiyaga ega OAV vakillari stadionga ertaroq kelib, oʻz joylarini egallashlari soʻraladi. 5-kirish darvozasi oʻyindan 3 soat oldin (15:45) da ochiladi.