Oʻzbekiston milliy terma jamoasining Urugvayga qarshi oʻyin uchun qaydnomasi eʼlon qilindi

    Sport 10 Oktabr 2025 1051

    Milliy jamoa bugun tunda Urugvayga qarshi oʻyinda ishtirok etish uchun Malayziyaga yoʻl oladi.

    Fabio Kannavaro mazkur bahsda ishtirok etadigan futbolchilar roʻyxatini eʼlon qildi.

    Darvozabonlar: Abduvohid Neʼmatov, Botirali Ergashev, Vladimir Nazarov.

    Himoyachilar: Rustam Ashurmatov, Sherzod Nasrullayev, Muhammadqodir Hamraliyev, Hojiakbar Alijonov, Alibek Davronov, Jahongir Oʻrozov, Umar Eshmurodov, Dilshod Saitov.

    Yarim himoyachilar: Akmal Mozgovoy, Abdurauf Boʻriyev, Azizjon Gʻaniyev, Hojimat Erkinov, Otabek Shukurov, Jamshid Iskanderov, Aziz Turgʻunboyev, Oston Oʻrunov, Ruslan Jiyanov.

    Hujumchilar: Husayn Norchayev, Eldor Shomurodov, Igor Sergeyev.

    Kuvaytga qarshi yigʻinning birinchi qismida ishtirok etgan bir qator futbolchilarga dam berilib, yangi futbolchilar jalb etildi.

    Maʼlumot oʻrnida, Abbos Fayzullayev Urugvayga qarshi bahsni oʻtkazib yuboradi. U Kuvaytga (2:0) qarshi oʻrtoqlik oʻyinida jarohat olib, 21-daqiqada zaxiraga olingan edi.

    OʻFA matbuot xizmati xabar berishicha, chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan soʻng shifokorlar shunday qarorga kelishgan.

    Eslatib oʻtamiz, oʻyin 13-oktyabr Melaka shahridagi “Hang Jebat” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 17:45 da start oladi.