Joriy yilning 12-13-aprel kunlari “22-aprel – BUTUNJAXON YER KUNI” munosabati bilan tashkil etilgan “Yer resurslari va bioxilma-xillikni barqaror boshqarish SERBEMA-2022” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazilmoqda.

Ilmiy anjumanda OʻzMU professor oʻqituvchilari qatorida xorijdan kelgan olimlardan Tokio qishloq xoʻjaligi va texnologiya universiteti professori Yoshiharu Fujii, Rossiya V.V.Dokuchayev nomidagi Tuproqshunoslik instituti professori Igor Savin, Xorvatiya,  Zagreb universiteti professori Amir Kassam ilmiy maʼruzalari bilan ishtirok etdi.

- Yerni har tomonlama yaxshilash, uning unumdorligini va iqtisodiy samaradorligini doimo oshirib borish – bu, birinchi galda, qishloq xoʻjaligini yuritishning ilmiy tizimi asoslari va yerdan yuqori mahsuldorlik bilan foydalanishdir. Shu jihatdan ham yerdan toʻgʻri foydalanishni tashkil etishga yoʻnaltirilgan davlat yer kadastri, yer tuzish, yer monitoringi, yer huquqi, yer soligʻi, yerlardan foydalanishni davlat nazoratini oʻrnatish kabi tadbirlarning tub mohiyatini bilish va ularga rioya qilish katta amaliy ahamiyatga ega boʻladi" - deya taʼkidladi OʻzMU professori Laziza Gofurova.

Tadbirda mavjud yerlarimizni asrab-avaylash, uning unumdorligini va iqtisodiy samaradorligini oshirish, ayniqsa, iqtisodiyot tarmoqlarini, jumladan qishloq xoʻjaligini aholining oʻsish surʼatlari bilan bogʻlab, ilmiy asoslangan tizim asosida yuritilishi,  biologik xilma-xillik komponentlari samarali muhofaza qilinishini davom ettirish uchun tizimli yondashuvni qoʻllash, hamda hayvonlarning oʻzini, ham ular yashash joyini muhofaza qilish boʻyicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqish zarurligi takidlab oʻtildi.

Anjuman birinchi kun yakuni yuzasidan fikrlar mulohazalar oʻzaro almashinib taklif va mulohazalar keltirildi