Oʻzbekiston mobil internet tezligi bir yilda 32 pogʻonaga yuqoriladi

    Mamlakatda yanvar oyida mobil internet orqali o‘rtacha yuklab olish tezligi 26,97 Mbit/s, yuklash tezligi esa 11,25 Mbit/s ni tashkil qilgan.

    Ookla kompaniyasining speedtest.net servisi 2024-yil yanvar oyi natijalariga oid yangi maʼlumotlarni eʼlon qildi.

    Unga koʻra, mamlakat mobil internet tezligi boʻyicha 4 pogʻona yuqorilab, oʻsish qayt etdi.

    Bu bilan Oʻzbekiston 2023-yilning boshidan joriy yil holatiga koʻra, 32 pogʻona yuqoriladi.

    Mamlakatda yanvar oyida mobil internet orqali oʻrtacha yuklab olish tezligi 26,97 Mbit/s, yuklash tezligi esa 11,25 Mbit/s ni tashkil qildi. Shuningdek, simli internet tezligi (Fixed Broadband) esa oʻrtacha 59,07 Mbit/s ni tashkil etdi hamda reytingda 2023-yil boshidan bugungi kun holatiga koʻra, ikki pogʻona yuqoriladi.