Oʻzbekiston mobil internet tezligi boʻyicha dunyoda 100-oʻrinni egalladi

    Bu sentyabr oyidagi tahlil boʻlib, unda 141 mamlakat internet koʻrsatkichi hisoblangan.

    Oʻzbekistondagi mobil internet tezligi avgustga nisbatan bir pogʻona yaxshilangan boʻlib, oʻrtacha yuklab olish tezligi 23,63 Mbit/s, yuklash tezligi esa 12,6 Mbit/s ni tashkil qilgan.

    Dunyoda eng tez mobil internet Birlashgan Arab Amirliklarida qayd etilgan. U yerda sentyabr oyida yuklab olish tezligi 211,58 Mbit/s, yuklash tezligi esa 22,02 Mbit/s. Qatar ikkinchi, Xitoy esa uchinchi oʻrinda.

    Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozogʻiston sentyabr oyida mobil internet tezligi boʻyicha birinchi oʻrinni egalladi (umumiy reytingda 66-oʻrin). Qirgʻiziston ikkinchi (88-oʻrin), Oʻzbekiston uchinchi (100-oʻrin), Tojikiston toʻrtinchi (136-oʻrin) boʻldi. Turkmaniston boʻyicha maʼlumot yoʻq.