O‘zbekiston muftiysiga to‘g‘ridan to‘g‘ri savol yo‘llash imkoniyati paydo bo‘ldi

    Ijtimoiy hayot 12 Aprel 2023 3299

    O‘zbekiston muftiysi bilan savol-javob qilish uchun "Telegram"da bot ochildi.

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy – Fatvo markazi direktori Nuriddin domla Xoliqnazarovga to‘g‘ridan-to‘g‘ri savol yo‘llash orqali javob olishni tashkil etish maqsadida, @Muftiy_Nuriddin_domla nomli telegram kanallarida savol-javob boti faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

    Endilikda, ixlosmandlar o‘zlarini qiziqtirgan diniy masalalardagi savol, taklif va mulohazalarini telegramdagi @muftiy_savol_javob_Bot botga yuborish bilan qulay va ishonchli javoblarni olishlari mumkin.

    Javoblar esa @Muftiy_Nuriddin_domla Telegram kanalida e’lon qilinadi va ayrim xos masalalar esa murojaatchining o‘ziga taqdim etiladi.