Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi tarovih namozlariga yosh bolalar bilan kelmaslikka chaqirdi

    Mamlakatimizda 5 Mart 2025 1018

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov tarovih namozlari vaqtida yosh bolalar masjidda yugurib yurayotganini, hazil qilayotganini va kulib yuborayotganini aytdi.

    Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Ramazon oyini chiroyli va munosib kutib olish uchun tarovih namozlarini goʻzal oʻtkazishga harakat qilish boshlangani va shu oyda tarovih namozlarini hushyor holatda oʻqishlik uchun yosh bolalarni uyda oʻtirib turishlikni aytdi.

    — Mana shu bir oyda (xatmi Qurʼonni) xushuʼ va xuzuʼ bilan oʻqishimiz uchun yosh bolalar bir oy mobaynida uyda oʻtirib tursa boʻlarkan, deyishyapti. Kechqurun boʻlyapti, beqarov ketadi, ertalab maktabga borishi kerak. Shuning uchun yosh bolalarimizni uyda ushlaylik, azizlar. Kattalar hammamiz kelib, bir oyni xushuʼ bilan, xuzuʼ bilan, yigʻlab, maza qilib ibodatimizni oʻtkazaylik, — deydi muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar.