Trumen nomidagi tinchlik tadqiqoti instituti Markaziy Osiyo bo'limi boshlig'i Zev Levin mulohazalari:
– Joriy yilda ilm-fan, ta'lim va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturi respublikada amalga oshirilayotgan tub islohotlar bo'yicha O'zbekiston rahbariyatining davomli siyosatini belgilab berdi. Prezident SHavkat Mirziyoev siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi islohotlarni izchillik bilan davom ettirishga intilmoqda. Men uning siyosatini yaxlit va ko'p tarmoqli yondashuvlar asosida ko'raman. O'ylaymanki, tashqi siyosat, iqtisodiyot va jamiyatni har tomonlama isloh qilish respublikaning kerakli samaradorlikka erishishini ta'minlaydi.
“So'g'diyona” jurnali muharriri, shashka bo'yicha jahon chempioni Markiel Fazilov:
- O'zbekiston bag'rikenglik va mehmondo'stlik chuqur ildiz otgan ko'p millatli mamlakat. Bu erda ko'plab millat va dinlarning vakillari do'stlik va hamjihatlikda yashayotgani e'tirofga molikdir. O'zbek xalqining mehmondo'stligi azaldan butun dunyoga ma'lum. SHuni ta'kidlash kerakki, Buxoro yahudiylari ham o'zbek zaminiga bo'lgan iliq va samimiy munosabatlarini saqlab qolishgan.
So'nggi yillarda Prezident SHavkat Mirziyoev rahbarligida O'zbekistonda keng ko'lamli o'zgarishlar amalga oshirildi. Respublikada millatlararo munosabatlar bo'yicha qo'mita tuzilgan. Ha, O'zbekiston ochiq eshiklar siyosatini olib bormoqda. Ko'pgina mamlakatlar fuqarolari uchun kirish vizalari bekor qilindi. endilikda Isroil fuqarolari ham O'zbekistondagi vatanlariga vizasiz tashrif buyurishlari mumkin.