Oʻzbekiston Respublikasi Ochlik va kambagʻillikka qarshi kurash boʻyicha Global alyansga rasman qoʻshildi. Bu Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilash boʻyicha global saʼy-harakatlarni kuchaytirish yoʻlidagi muhim qadamdir.
Bu tarixiy qadam global oziq-ovqat xavfsizligi bilan bogʻliq ortib borayotgan muammolar va Oʻzbekistonning ochlik, qashshoqlik va tengsizlik bilan bogʻliq muammolarni hal qilishda faol ishtirok etish istagiga javoban amalga oshirildi. Global alyansga aʼzo boʻlish Oʻzbekistonga tajriba almashish, xalqaro investitsiyalarni jalb etish hamda ushbu dolzarb masalalarni hal etish boʻyicha boshqa davlatlar va tashkilotlar bilan qoʻshma dasturlarni amalga oshirish uchun noyob imkoniyatlar yaratadi.
Bugungi kunga qadar hujjatlarga 100 dan ortiq davlat qoʻshildi.