O‘zbekiston Olimpiya delegatsiyasining sport libosi MDH davlatlari orasida eng yaxshilaridan biri sifatida e’tirof etildi

    Sport 4 Avgust 2021 2587

    “Cosmopolitan Russia” ekspertlari tomonidan MDH davlatlari Olimpiya terma jamoalarining liboslarini dizayni va ko‘rkamligi bo‘yicha tuzib chiqilgan reytingi e’lon qilindi. Baholash jarayoni sport liboslarining dizayni hamda zamonaviy moda tendensiyalariga muvofiq amalga oshirildi.

    Reytingning kuchli beshligidan Rossiya (ZASPORT), O‘zbekiston (7SABER), Qirg‘iziston (BIGSER), Belarus (“Solo-Pinsk”) hamda Qozog‘iston (JOMA) Olimpiya terma jamoalari liboslari joy oldi. Jurnal mutaxassislari, bir vaqtning o‘zida uchta mamlakatning sport liboslari dizaynida zamonaviy yashil-moviy ranglar uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratilganligi ta’kidlangan.

    Darvoqe, “Cosmopolitan Russia” reytingi Olimpiya delegatsiyalarining tantanali formasiga emas, balki aniq sport turlariga tegishli liboslariga qarab aniqlagan.

    O‘zbekiston Top-5 reytingda Rossiyadan keyin 2-o‘rinni egalladi.