Joriy yilning yanvar oyi uchun oltin zaxiralari hajmi 66,5 mln. dollarga koʻpaydi. Taʼkidlash kerakki, oltin zaxiralari oʻzgarishini hisobganda ikkita omilga eʼtibor berish lozim: oltin sof hajmining oʻzgarishi va jahon bozorida oltin narxining oʻzgarishi. 1-fevral holatiga koʻra oltin zaxiralarining sof hajmi yil boshidan beri 8,1 tonnaga (yoki 0,26 million troy unsiyaga) oshdi va bu oltin-valyuta zaxiralarining 482 mln. dollarga koʻpayishiga yordam berdi.
1-rasm. Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralarining oʻzgarishi mln. doll.

Manba: Markaziy bank maʼlumotlari asosida hisob-kitoblar
Biroq, joriy yilning yanvar oyi oxirida jahon bozorida oltin narxi yil boshiga nisbatan pasaydi. 2021-yil 29-yanvar London vaqti bilan soat 15:00 holatiga London oltin bozorida 1 troy unsiya oltin narxi 1863,8 dollarni tashkil etdi va shu yilning 4-yanvariga (1943,2 dollar) nisbatan 4,1 foizga kamaydi. Shuning uchun oltin narxining pasayishi natijasida oltin zaxiralari sof hajmi qoldiqlarini qayta baholash oltin-valyuta zaxiralarining 415 mln. dollarga pasayishiga olib keldi.
2-rasm. London oltin bozoridagi oltin narxi
(London vaqti bilan soat 15:00 holatiga, AQSH dollari)

Manba: Economic Research Federal Reserve Bank of St. Louis
Shunga qaramay, xalqaro zaxiralar tarkibida xorijiy valyutadagi zaxiralar hajmi 650,9 mln. dollarga kamaydi, shundan 636 mln. dollari (97,7%) bosh ofisi xorijda joylashgan banklardagi naqd valyuta va depozitlar boʻlsa, 14,9 mln. dollari - boshqa markaziy banklarda, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ) va Xalqaro hisob-kitoblar banki (XHKB)dagi valyuta zaxiralari.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi bosh ilmiy xodimi